TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2017-yil 30-martdagi buyrug‘iga muvofiq adliya katta maslahatchisi Xidir Samatovich Karimov Navoiy viloyati prokurori etib 5-yil muddatga tayinlandi.
U shuningdek mazkur prokuratura hay’ati raisi etib ham tasdiqlangan.
Avvalroq Jizzax, Samarqand hamda Buxoro viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlangandi.