Toshkent huquq faollari ortidan kuzatuv o‘rnatgan - Amnesty International axboroti

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishToshkent ko‘chalaridan biri
Toshkent ko‘chalaridan biri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amnesty International faoliyati ko‘p bora tanqidga uchragan. Tashkilot tarafkashlikda, ma’lumot chop etishda tanlab yondashishda, va hatto, josuslikda gumonlanadi

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Amnesty International xalqaro nodavlat tashkiloti o‘zining har yilgi bayonotida O‘zbekistonni inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar va mamlakatdagi siyosiy faollar ortidan kuzatuv o‘rnatganlikda aybladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Amnesty International

Amnesty International — 1961-yil Buyuk Britaniyada asos solingan xalqaro nodavlat tashkilotdir. Veb-saytida tashkilot missiyasi "inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishi oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan choralarni qabul qilish va tadqiqotlar olib borishdan iborat"ligi yozilgan.

Amnesty International faoliyati ko‘p bora tanqidga uchragan. Tashkilot tarafkashlikda, ma’lumot chop etishda tanlab yondashishda, va hatto, josuslikda gumonlanadi.

"Har yonda kuzatuv"

"O‘zbekistonda internet va telefon aloqalari orqali kuzatish keng tarqalgan va bu holat yomon nazorat qilinadi", — deyilgan RIA Novosti ixtiyoriga kelib tushgan Amnesty International bayonotida.

2014 yil Britaniya huquqni muhofaza qilish tashkiloti — Privacy International tomonidan chop etilgan bayonotga tayangan holda Amnesty o‘zbek hukumati SORM tizimi(operativ-qidiruv tadbirlari vazifalarini ta’minlash uchun texnik vositalar tizimi — tahr.) dan foydalanganini ta’kidlagan.

Tashkilot ma’lumotlariga muvofiq — SORM yashirin tarzda "suhbatlar va bog‘liq ma’lumotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish" imkonini beradi.

Xaker - Sputnik O‘zbekiston
AQSh sudi rossiyalikni xakerlikda ayblab hibsga oldi

Tashkilot shuningdek, Italiyaning josuslik tijorat dasturiy ta’minotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Hacking Team kompaniyasining 2015-yilgi ichki hujjatlariga tayangan holda O‘zbekiston Remote Control System dasturini xarid qilgani haqida xabar qilgan.

Bu dastur hukumatga manfaatdor shaxslarga tegishli telefon yoki kompyuter qurilmalariga virus tushirib, va shu tarzda qurilmadagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritish imkonini, shu jumladan, suhbatlarni "ilib olish", harakatlar ortidan kuzatish hamda mikrofon va kamera qurilmalarini ishga tushirish imkonini beradi.

Amnesty International o‘z bayonoti xulosasida O‘zbekiston hukumatini mamlakat razvedka xizmati faolyatini tartibga soluvchi qonunlar islohotini amalga oshirishga da’vat qilgan.

Tashkilot zarur islohotlar amalga oshirilmaguniga qadar boshqa mamlakatlardan O‘zbekistonga texnik kuzatuv uskunalariga litsenziya bermaslikni kafolatlashni talab qilgan.

Yangiliklar lentasi
0