Elektropoyezdlarning harakatlanish vaqti o‘zgardi

© Michał HuniewiczVisokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"
Visokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga uchinchi "Afrosiyob" elektropoyezdining olib kelinganligi munosabati bilan 10-apreldan boshlab Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida ham yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonga uchinchi "Afrosiyob" elektropoyezdining olib kelinganligi munosabati bilan joriy yilning 10-aprelidan boshlab Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida ham yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shu sababli "Afrosiyob" elektropoyezdlarining harakatlanish vaqtiga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozadi uz24.uz.

Xabarga ko‘ra, Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida 760/759 sonli "Afrosiyob" elektropoyezdi kunning birinchi qismida ertalab soat 7:00 da Toshkent markaziy vokzalidan manzil tomon harakatlansa, kunning ikkinchi qismida soat 16:48da Qarshi vokzalidan ortga qaytadi.

Toshkentdan Buxoroga yangi "Afrosiyob" elektropoyezdi qatnay boshladi

Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi 762/761 sonli elektropoyezd soat 7:30 da poytaxtdan Buxoro tomon harakatni boshlab, shu kuni 15:51da ortga qaytadi.

Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan 764/763 sonli yuqori tezlikdagi "Afrosiyob" esa ertalab soat 8:00da vokzaldan jo‘nab, kunning ikkinchi qismi 17:00 da Toshkentga qaytadi.

Shuningdek, 10-apreldan boshlab, Toshkent-Buxoro yo‘nalishidagi "Sharq", Toshkent-Qarshi yo‘nalishidagi "Registon" hamda 380/379 sonli Toshkent-Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlar harakatlanish vaqtiga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Bu borada belgilangan o‘zgarishlarni www.railpass.uz veb-saytidan bilib olish mumkin.

"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishidagi "Afrosiyob" elektropoyezdiga 10-aprel sanasidan keyingi qatnov kunlarida chipta xarid qilgan yo‘lovchilarga shu kundan boshlab poyezd Buxoroga 8:00 da emas balki 7:30 da harakatlanishini ma’lum qiladi. Xarid qilingan chiptalarni chiptaxonadan almashtirmasdan turib yangi ko‘rsatilgan vaqtda foydalanish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0