Gruziyada O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi ochilishi mumkin

© Sputnik / Katerina Sovdagari / Mediabankka o‘tishKupol nad zdaniyem prezidentskogo dvorsa v Tbilisi.
Kupol nad zdaniyem prezidentskogo dvorsa v Tbilisi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziya ijrochi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Tbilisida mamlakatning diplomatik vakolatxonasini ochish masalasini muhokama qildilar, deb xabar bermoqda Sputnik Gruziya.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan mamlakat tashqi ishlar vazirligi, tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ vakillari joy olgan. Delegatsiyaga Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchilik qilmoqda.

Gruziyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston vakillari Gruziya iqtisodiyot va taraqqiyot vaziri Georgiy Gaxariya va parlament rahbari Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Tbilisidagi prezident saroyi gumbazida o‘rnatilgan bayroq - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Gruziya bilan transport sohasida hamkorlik qiladi

Kobaxidze O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikning muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Safoyev va Kobaxidze shuningdek, mintaqada transport va infratuzilma loyihalarini rivojlantirish borasida suhbatlashdilar. Tomonlar madaniyat va fan yo‘nalishidagi hamkorlikning muhimligini qayd etdilar. Uchrashuvda O‘zbekistonning Gruziyadagi diplomatik vakolatxonasini ochish istiqboli haqida ham so‘z bordi.

Georgiy Gaxariya bilan uchrashuv chog‘ida turizm, aloqa va tashqi savdo sohalarida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Gruziya 1994-yilda diplomatik aloqalar o‘rnatgan, lekin o‘zaro elchixonalar ochilmagan. Gruziyaning Tojikistondagi diplomatik missiyasi O‘zbekistonni, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi esa Gruziyani qamragan.

Yangiliklar lentasi
0