Namanganning ayrim hududlarida Damaslar harakatlanishi cheklandi

© StringerAvtomobil "Deu Damas"
Avtomobil Deu Damas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farmoyish transport oqimini tartibga solish, tirbandlikni bartaraf etish, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘l qoplamalari va transport to‘xtash joylarini ta’mirlash ishlarini yakunlash maqsadida qabul qilindi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 25-martdan boshlab Namangan shahrining ayrim qismlarida har kuni soat 7:00dan soat 20:00gacha bo‘lgan oraliqda Damas rusumli transport vositalari harakatlanishi taqiqlandi. Bu haqda viloyat hokimi X.Bozorovning 16-mart kuni imzolangan farmoyishida keltirilgan.

Farmoyishga ko‘ra, 25-martdan boshlab har kuni ertalab soat 7:00dan soat 20:00ga qadar "Temir yo‘l vokzalidan A.Navoiy ko‘chasi orqali Chorsu bozorigacha" hamda "Temir yo‘l vokzalidan A.Temur va B. Mashrab ko‘chalari orqali Chorsu bozorigacha" maxsus avtotransport vositalaridan (101, 102, 103, 104 va 105) tashqari, "Damas" rusumli avtotransport vositalari harakatlanishi to‘xtatiladi.

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda noqonuniy yo‘lovchi tashuvchilar jazoga tortildi

Farmoyish Namangan shahridagi "Chorsu", "Sardoba" bozorlari, "Temir yo‘l vokzali" hududlarida, A.Navoiy, B.Mashrab, A.Temur ko‘chalarida transport oqimini tartibga solish, tirbandlikni bartaraf etish, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, yo‘l qoplamalari va transport to‘xtash joylarini ta’mirlash ishlarini yakunlash maqsadida qabul qilindi.

Farmoyishda 25-mart kunidan boshlab Namangan shahrining A.Navoiy, A.Temur va B.Mashrab ko‘chalarida muntazam ravishda qo‘shma reydlar o‘tkazilishini tashkil etish hamda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan qonunga xilof tarzda shug‘ullanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rish belgilangan.

Shuningdek, Damas harakatlanishi to‘xtatilishi ta’sirining amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot yo‘l belgilarini o‘rnatish vazifa qilingan, deb yozadi "Kun" nashri.

Yangiliklar lentasi
0