Toshkent uchun 865 dona zamonaviy avtobus sotib olinadi

Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun ikki turdagi - katta sig‘imli MAN va o‘rta sig‘imli Isuzu avtobuslari sotib olinadi

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Avtobuslar O‘zbekiston hukumati tasdiqlagan "Toshshahartransxizmat" korxonasi harakat sostavi parkini yangilash dasturi doirasida sotib olinadi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bepul Wi-Fi haqidagi ma’lumotnoma - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent avtobuslari Wi-Fi internet bilan ta’minlanadi

Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun ikki turdagi — katta sig‘imli MAN (350 dona) va o‘rta sig‘imli Isuzu (515 dona) avtobuslari sotib olinadi. Har ikki brenddagi avtobuslar Samarqanddagi zavodlarda ishlab chiqariladi. Bu yilning o‘zida 190 dona, 2018-yilda 285, 2019-yilda 390 dona avtobus sotib olinadi.

Katta sig‘imli avtobuslar davlat budjeti mablag‘lari evaziga, o‘rta sig‘imli avtobuslar esa tijorat banklari kreditlari, Asaka-Trans-Leasing, O'zavtosanoat-leasing lizing kompaniyalari vositalari evaziga sotib olinadi.

MAN Avto-Uzbekistan korxonasi yana bir tashabbus bilan chiqqan — joriy yilning o‘zida "Toshshahartransxizmat"ning barcha korxonalari MAN avtobuslariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi servis markazlari tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0