Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar O‘zbekistonni olqishladi

© Luis Acosta / AFPZayd Raad al-Xuseyn
Zayd Raad al-Xuseyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn jahondagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat borasida ma’ruzasini taqdim etdi

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi vaziyat xususida to‘xtalar ekan, al-Husayn mamlakatning yangi prezidenti odil sudlov tizimi samaradorligini oshirish, adolatli va mustaqil sud jarayonlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilayotganligini e’tirof etdi. Bu haqda BMT Radiosi xabar bermoqda.

"Yaqinda, oktabrda huquq sohasidagi islohotlar haqidagi qonunda sudlar mustaqilligi va odil sudlov jarayonlarining shartlari ifodalab berildi. Mazkur qonunlarning joriy etilishi butun O‘zbekiston xalqi uchun kelgusidagi ijobiy o‘zgarishlar borasida muhim ahamiyat kasb etadi", — dedi u.

Zayd Raad al-Husaynning fikricha, qator mahkumlar, jumladan, 18-yildan buyon qamoqda saqlangan jurnalist Muhammad Bekjonovning ozodlikka chiqarilishi qabul qilingan qonunlarning amaliy natijasidir.

Yangiliklar lentasi
0