Rossiyada bepul ta’lim olmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga imtihon kunlari e’lon qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishM.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining bosh binosi
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining bosh binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossotrudnichestvoning Toshkentdagi vakolatxonasi rasmiy saytida Rossiya oliy dargohlarida ta’lim olish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun sinov imtihonlari o‘tkazilishi e’lon qilindi

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi Rossiya ta’lim va madaniyati markazi rasmiy saytida joriy yil 9-10 mart kunlari o‘tkaziladigan sinov imtihonlari jadvali e’lon qilindi.

MGU Asosiy bino - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada bepul o‘qish imkoniga ega bo‘ldi
"9 martdan 10-mart sanasiga qadar Toshkent shahridagi Rossiya ta’lim va madaniyati markazida gumanitar (ijodiy) yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi", — deyilgan e’londa.

Test sinovlari Rossiya oliy o‘quv dargohlari vakillari ishtirokida o‘tkazilishi ta’kidlangan.

Imtihonlarga pasport, ruchka, kalkulyator va telefonsiz kelish so‘ralgan.

"Hujjatlar to‘plami test sinovlari yakuni bo‘yicha tayyorlanadi", — deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning fevra oyida Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Rossiy oliy o‘quv yurtlarida bepul o‘qish uchun ro‘yxatga olish boshlanganini e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0