Terminalga hojat qolmadi: virtual terminal xizmatingizda

© Sputnik / StringerVirtualniy terminal "Click"
Virtualniy terminal Click - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tizim orqali to‘lovni amalga oshirishda terminal, internet yoki elektrning keragi yo‘q

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Tadbirkorlar va savdo nuqtalari egalari plastik kartalardan to‘lovlarni qabul qiluvchi virtual terminallarni ulatishlari mumkin, deb xabar berdi CLICK kompaniyasi.

Buning afzalligi shundaki, tizim orqali to‘lovni amalga oshirishda terminal, internet yoki elektrning keragi yo‘q. Hattoki yoningizda plastik karta bo‘lishi ham shartmas. To‘lov mobil telefon orqali amalga oshiriladi va mablag‘lar shu zahoti sotuvchiga SMS xabar bilan birga kelib tushadi.

Kod - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda terminalsiz elektron to‘lov tizimi joriy qilindi

Mijozlar va sotuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida operatsiyalarni turli uslublarda bajarish imkoniyatlari yaratilgan: USSD-menyu orqali, qisqa USSD-so‘rov yordamida, mobil ilova orqali va shu bilan birga kassir yoki sotuvchi tomonidan hisob chiqarish uslubida.

Bundan tashqari, virtual terminalga ulangan har bir savdo do‘koniga QR-kodi taqdim qilinmoqda. Ushbu QR-kod smartfon orqali tegishli ilovalar yoki yaqin vaqt ichida taqdim qilinadigan CLICK mobil ilovasi orqali o‘qilishi mumkin.

Virtual terminalni ulatish uchun tadbirkorlar o‘zlarining xizmat banklariga yoki CLICK tizimi bilan hamkorlik qilayotgan istalgan bankka murojaat qilishlari zarur. Bankda ro‘yxatdan o‘tayotganda tadbirkorlarga va savdo do‘konlarining egalariga to‘lovlarni qabul qilish uchun unikal kod belgilanib, QR-kod taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra shu yilning 1-martidan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik subyektlarida terminallar bo‘lishi majburiy hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0