Qashqadaryoda yiliga 2 mln kurka jo‘jasi yetishtiriladigan loyiha ishga tushadi

© Sputnik / StringerSiplenok induka
Siplenok induka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxonada Belgiya, Fransiya va Germaniya uskunalari asosida yiliga 3 mln dona tuxum, 2 mln kurka jo‘jasi yetishtirish mo‘ljallanmoqda

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy ko‘magida "Marokand parranda" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan kurka yetishtirish loyihasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ferma - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda chorvachilik va baliqchilikka alohida e’tibor qaratiladi

Xabarga ko‘ra, mazkur loyihaning umumiy qiymati 29,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Korxonada Belgiya, Fransiya va Germaniya uskunalari asosida yiliga 3 mln dona tuxum, 2 mln kurka jo‘jasi yetishtirish mo‘ljallanmoqda.

Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 10 mingdan ortiq aholi xonadonlariga 50 boshdan kurka yetkazib berish tizimi yaratiladi.

Shuningdek, korxonada 120ta ish o‘rni tashkil etilib, aholi bandligi ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0