O‘zbekistonning barcha hududlarida "Ta’lim va mutaxassislik" ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tish"Yarmarka vakansiy"
Yarmarka vakansiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirlar doirasida ishtirokchilar milliy va xorijiy ta’lim muassasalari hamda filiallari, o‘quv markazlaridagi mavjud ta’lim tayyorlov yo‘nalishlari, tashkilotlar, kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-mart kunidan boshlab oy oxirigacha "Ta’lim va mutaxassislik" ko‘rgazmalari o‘tkaziladi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ko‘rgazmalar Mehnat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Savdo-sanoat palatasi va "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga asosan o‘tkaziladi.

Samarkand tumanidagi kasb-hunar kolleji - Sputnik O‘zbekiston
Barcha kollej bitiruvchilari ishga joylashtiriladi

Tadbirlar doirasida ishtirokchilar respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan milliy va xorijiy ta’lim muassasalari hamda filiallari, o‘quv markazlaridagi mavjud ta’lim tayyorlov yo‘nalishlari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, yirik kompaniyalar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishlari va ishga joylashishlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bepul huquqiy maslahatlar olishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur ko‘rgazmalar oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va avvalgi yillar bitiruvchilarini kasbga yoki aniq ish joyiga yo‘naltirish, o‘qishini davom ettirishi hamda ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan kollej bitiruvchilarining faoliyatlari bilan yaqindan tanishishlarida katta ahamiyatga ega.

Yangiliklar lentasi
0