"Xazonrezgi" filmi "Nika" mukofotiga da’vogarlik qilmoqda

© Iz lichnogo arxiva Zulfikara Musakova"Xazonrezgi"
Xazonrezgi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Xazonrezgi" filmi "MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining eng yaxshi filmi" yo‘nalishida mazkur mukofotga da’vogarlik qilmoqda

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Rossiya kinematografiya san’ati akademiyasi "Nika" mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. O‘zbekistonlik rejissor Zulfiqor Musoqovning "Xazonrezgi" filmi "MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining eng yaxshi filmi" yo‘nalishida mazkur mukofotga da’vogarlik qilmoqda.

Ushbu film melodrama janrida olingan bo‘lib, unda turli xil taqdirlar, samimiy sevgi-muhabbatga qurilgan mo‘’jazgina oila hayoti haqida hikoya qilinadi.

Zulfiqor Musoqovning Xazonrezgi filmidan sahna - Sputnik O‘zbekiston
Xazonrezgi - Zulfiqor Musoqovning yangi filmi

Filmda bosh rollarni Baxtiyor Rahimov, Feruza Saidova, Bobur Yo‘ldoshev, Shahzoda Matchonova, Munavvara Abdullayeva, Xayrulla Sa’diyev, Jumadilla Rametovlar ijro etishgan.

Zulfiqor Musoqov "Osmondagi bolalar", "Kichkina tabib", "Vatan", "Qo‘rg‘oshin" kabi qator filmlari bilan tomoshabinlar va mutaxassislar e’tiborini qozongan rejissordir.

"Nika" mukofoti 1987-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, ilk mukofotni topshirish marosimi 1988-yil dekabrda o‘tkazilgan.

"MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining eng yaxshi filmi" yo‘nalishida shuningdek, "Ota vasiyati" (Qirg‘iziston), "Qizil bog‘» (Ozarbayjon), «Begona uy» (Gruziya) va «Qoratosh ovulidagi vabo» (Qozog‘iston) filmlari "Nika" nomzodlari qatoriga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0