Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistondagi bir vazirlik tugatildi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘z ish faoliyatida ko‘p hollarda barcha mavjud resurs va imkoniyatlarini bayramlar madaniy tadbirlarini o‘tkazishga va muhim xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirish bilan chegaralanib qolgan. Yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun vazirlik faoliyatini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" farmonni imzoladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bu yil Navro‘z qanday nishonlanishini aytdi
Madaniyat va sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligining tanqidiy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mutasaddi organ sifatida o‘z oldiga qo‘yilgan keng ko‘lamli masalalarning to‘liq ijrosi ta’minlanmagan, ayniqsa, davlat boshqaruvi va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini mazkur sohada muvofiqlashtirish, madaniy-ma’rifat va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar yetarli darajada olib borilmagan.

Bundan tashqari, hayotiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bitta vazirlikda madaniyat va sport kabi ikkita ko‘pqirrali va murakkab sohalarning birlashtirilishi ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirish, istiqbolli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish, hududlarda teatr, mumtoz musiqa va boshqa san’at turlarini keng ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yuksaltirish imkonini bermayapti.

Natijada Madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘z ish faoliyatida ko‘p hollarda barcha mavjud resurs va imkoniyatlarini bayramlar madaniy tadbirlarini o‘tkazishga va muhim xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirish bilan chegaralanib qolgan. Yuzaga kelgan salbiy holatlarni bartaraf etish uchun vazirlik faoliyatini tubdan isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi.

Madaniyat va Sport vazirligi Hay’at majlisi - Sputnik O‘zbekiston
Madaniyat va Sport vaziri 30 amaldorni tanqid ostiga oldi
"O‘zbekiston Republikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini keskin oshirish, O‘zbekiston xalqining boy va o‘ziga xos madaniyati, san’ati va ijodini yanada rivojlantirishni ta’minlash, aholining keng qatlam o‘rtasida ma’nan va axloqan komil inson bo‘lishga va sog‘lom turmush tarzini yuritishga intilishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan", — deyiladi Farmonga keltirilgan sharhda.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0