Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya hamkorlik masalalari muhokamasi boshlandi

© Sputnik / Mixail KlimentyevRossiya va O‘zbekiston bayroqlari
Rossiya va O‘zbekiston bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 18-yig‘ilishi ish boshladi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Tadbir Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Yig‘ilish davomida tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari, shartnomaviy-huquqiy bazalarni kengaytirish, transport, ilmiy-texnika, atrof-muhit muhofazasi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilishlari rejalashtirilgan.

Putinning O‘zbekistonga safari - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Putin uchrashuvi aprel oyiga belgilandi

Tomonlar shuningdek O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yilning aprel oyida Rossiyaga amalga oshiradigan tashrifi borasida barcha jihatlarni muhokama qiladilar.

Rossiya komissiyasi rahbari Dmitriy Kozak tadbirning kirish so‘zida O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi hamda qulay investitsion muhit va biznes olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratilganini alohida qayd etdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan strategik hamkorlar hisoblanadi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra mamlakatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard dollardan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0