Ravshan Ermatov uchinchi bor jahon chempionatida hakamlik qilishi mumkin

© Nuz.uzReferi Ravshan Ermatov
Referi Ravshan Ermatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ravshan Ermatov JCh-2010 va JCh-2014 turnirlarida jami 9 ta uchrashuvni boshqargan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon rekordchisi sanaladi

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov 2018-yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishlashi mumkin bo‘lgan nomzod hakamlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ravshan Ermatov, o‘zbekistonlik referi - Sputnik O‘zbekiston
Ravshan Ermatov: maydondagi ishimdan kamdan-kam qoniqaman

Umumiy ro‘yxatdan jami 53 nafar hakam joy olgan bo‘lib, ulardan 7 nafari Osiyo qit’asidan.

Xabarda bildirilishicha, 3-7 aprel kunlari Italiyaning Florensiya shahridagi Koverchano tayyorlov markazida nomzod hakamlar uchun seminar bo‘lib o‘tadi.

Ravshan Ermatov JCh-2010 va JCh-2014 turnirlarida jami 9 ta uchrashuvni boshqargan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon rekordchisi sanaladi.

Futbol bo‘yicha 21-jahon chempionati 2018-yil 14-iyundan 15-iyulga qadar Rossiyaning 11 shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0