Ahmoqona o‘lim: selfi deb ko‘lbarni o‘pmoqchi bo‘lgan hindistonlik halok bo‘ldi

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishKo‘lbarlar
Ko‘lbarlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindistonning Mumbayida hayvonlar himoyachisi Somnat Mxatre kobra chaqishidan halok bo‘ldi. U "selfining dodasi"ni suratga olish uchun ilonni o‘pishga uringan

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Hindistonda balog‘at yoshidagi yigit selfi uchun ko‘lbar ilonni o‘pishga urinib, halok bo‘ldi, deb xabar tarqatgan RIA Novosti.

Xabarga ko‘ra, yigitcha volonterlik ishlari bilan shug‘ullangan, ilonlarni qutqargan va ularni parvarishlagan. O‘z hayoti davomida 18 yashar bu yigit yuzdan ortiq ilonlarni o‘lim changalidan qutqarib qolgan.

Morj - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda selfi qilmoqchi bo‘lgan suratkashni morj suv ostiga tortib ketdi
Yigitchani yaqindan tanigan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Mxatre avtomobil balonlari ostidan topilgan ko‘lbarni xavfsiz joyga olib borishi kerak bo‘lgan. Ilon qutqarib qolingach, volonter selfi qilish maqsadida jonivorning boshidan o‘pmoqchi bo‘lgan. Ko‘lbar esa uni ko‘ksidan chaqqan.

O‘smir zudlik bilan kasalxonaga olib borilgan. Besh kun davomida shifokorlar bemorning hayotini saqlab qolish uchun kurashganlar, ammo Mxatre hayotdan ko‘z yumgan.

​Sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng hindistonlik hayvonlar himoyachilari hukumatga murojaat etib, ilonlar bilan truklar tasvirlangan foto va videolar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rishni so‘rashgan.

Yangiliklar lentasi
0