Putin va Mirziyoyev qachon uchrashishlari ma’lum qilindi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan
Vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar energetika, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish, harbiy-texnik hamkorlik va migratsiya siyosatiga oid masalalarni muhokama etishni rejalashtirgan

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin ikki-uch oy ichida Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi va safari chog‘ida prezident Vladimir Putin bilan uchrashadi, deb xabar qilgan Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov "Izvestiya" nashriga.

Nashr manbasi bergan ma’lumotlarga muvofiq, ikki mamlakat rahbarlari energetika, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berish, harbiy-texnik hamkorlik va migratsiya siyosatiga oid masalalarni muhokama etishni rejalashtirgan.

"Rossiyada o‘zbek qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun talab katta. Albatta, O‘zbekiston mahsulotlari uchun bozorni kengaytirish masalasi birinchi o‘rinda muhokama qilinadigan masaladir. Balki O‘zbekiston tomon Rossiya neftini bojsiz yetkazib berilishi masalasiga qaytar. Ma’lumki, yaqinda Rossiya O‘zbekiston tomonga bojsiz neft yetkazib bermasligini bildirgan edi. O‘zbekistonlik migrantlar masalasi ham, tabiiyki ko‘rib chiqiladi", — deb xabar qilgan nashrdagi manba.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil noyabrida O‘zbekiston hukumati Rossiya neftini bojxona to‘lovlarisiz yetkazib berishni so‘ragan, lekin Rossiya energetika vazirligi u holda JSTga a’zo mamlakatlarning barchasiga bojxona to‘lovlarini bekor qilishi lozim bo‘lishini bildirib bu taklifni rad etgan.

Tank T-64BV. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi imzolashdi
Ammo ikki mamlakat harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish shartnomasini imzolagan edi.

"Ushbu shartnomani imzolash sizning mamlakatingiz qurolli kuchlarini jihozlash va ularning jangovar qobiliyatini oshirish masalalarini tezkorlik bilan hal qilish imkonini beradi. Undan ikki mamlakat Mudofaa vazirliklari orasidagi hamkorlikni faollashtirish va uni amaliy darajaga ko‘tarishga yordam beradi", — dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘zining o‘zbekistonlik hamkori Qobul Berdiyevga.

Yangiliklar lentasi
0