TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘tgan yetti kun turli voqealarga boy bo‘ldi.
Yanvar oyining oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida bo‘lib u yerdagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvol bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Qoraqalpog‘istonda paxta hosildorligining sustligi, uzoq aholi punktlarida toza ichimlik suvi yetishmasligi muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Shundan keyin respublika rahbari qurilayotgan bir necha yangi loyihalar bilan tanishib chiqdi. Ular orsida yangi Polimer zavodi qurilishi va har bir oilaga 100tadan jo‘ja boqishni topshirish tadbirlari ham bor.

GM Uzbekistan avtomobillarni onlayn sotadi. O‘zbekistonning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonasi, zamon bilan hamqadam bo‘lish hamda korxona mahsuloti va sotuvdan keyin ko‘rsatiladin xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida axborot texnologiyalarini tadbiq qilishga qaror qilgan. Jumladan mijozlar onlayn-anketa orqali korxona mahsulot va xizmatlari haqida o‘z fikr mulohazalarini 3-fevralgacha bildirishlari mumkin. GM Uzbekistan kyelajakda avtomobillarni onlayn sotishni ham nazarda tutgan. Kompaniya fikriga ko‘ra, xaridorlar bilan aloqada bo‘lish mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilishga yordam beradi.



