O‘zbekistonda sun’iy yonilg‘i ishlab chiqaruvchi zavod quriladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishZavod
Zavod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyihani amalga oshirish uchun 3,7 milliard dollar sarflanadi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Uzbekistan GTL Qashqadaryo viloyatida qurilish-montaj ishlariga hamda loyihaviy qarorlarni ishlab chiqish va xaridni tashkil etishga kirishdi. Bu haqda mamlakat Iqtisodiyot vazirligidagi manbaga asosan RIA Novosti xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshi 2016-yil oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari va uni loyihalash manbalarini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

"Loyihaning tuzilishi va qiymati neft narxlari bilan bog‘liq holda optimallashtirildi, uni amalga oshirish uchun 3,7 milliard dollar sarflanadi", — dedi manba.

Uzbekistan GTL ayni paytda "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasining sho‘’ba korxonasi hisoblanadi, boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmayapti.
Ilgariroq 2014-yil oxirida zavodning texnologik qismini qurish boshlanishi rejalashtirilgani xabar qilingan, so‘ngra bu muddat 2015-yilning to‘rtinchi choragiga ko‘chirilgandi. Biroq Uzbekistan GTL 2015-yilda zavod qurilishini moliyalashtirish uchun tashqi zayomlarni jalb eta olmagandi. "Loyiha bilan bog‘liq neft narxi konyunkturasi 2015-yil davomida juda murakkab kechdi, investorlar va banklar bunday loyihalarga ehtiyotkorlik bilan yondashadi", — deb izohladi respublika hukumati.

Motor moylari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda texnik moylarni qayta ishlaydigan yangi zavod ishga tushirildi

2009 yil noyabrda "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi, Janubiy Afrikaning Sasol va Malayziyaning Petronas kompaniyalari Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida GTL zavodi qurish uchun Uzbekistan GTL qo‘shma korxonasini tashkil etgan. Hozirda Sasol va "O‘zbekneftgaz"ning loyihadagi ulushi 44,5%dan, Petronas esa 11% ulushga ega. Ilgariroq Sasol 2016-yil oxiriga qadar loyihadan chiqishi haqida xabar tarqalgandi.

Loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asosiga ko‘ra, zavod 3,6 milliard kub metr gazni qayta ishlaydi va yiliga 743,5 ming tonna dizel yonilg‘isi, 311 ming tonna aviakerosin, 431,1 ming tonna neft va 20,9 ming tonna siqilgan gaz ishlab chiqaradi. Mahsulot litsenziyasi egasi Sasol, zavodning texnologik qismini tayyor holda bitkazib topshiruvchi esa Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering & Construction kompaniyasi bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0