O‘zbekistonda amaldorlar daromad deklaratsiyasini to‘ldirishlari mumkin

Obuna bo‘lish
Hozirda tegishli vazirlik va muassasalar korrupsiyaga qarshi 2018-yilgacha mo‘ljallangan ikki yillik dasturni ishlab chiqishmoqda

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda amaldorlar daromad deklaratsiyasini to‘ldirishlari ko‘zda tutiluvchi meyor joriy etilishi mumkin, deb ma’lum qildi Bosh prokuraturadagi manba Sputnik muxbiriga.

Suhbatdoshning aytishicha, hozirda tegishli vazirlik va muassasalar korrupsiyaga qarshi 2018-yilgacha mo‘ljallangan ikki yillik dasturni ishlab chiqishmoqda.
Korrupsiya jinoyatiga qarshi kurash bo‘yicha qator chora-tadbirlar majmuasini o‘z ichiga oluvchi hujjat mart oyi oxiriga qadar tayyor bo‘ladi. Xususan, undagi meyorlardan birida davlat xodimlari hamda ularning oila a’zolari daromadlari haqida deklaratsiya to‘ldirishlari majburiy talab sifatida ko‘rsatiladi.

"Daromad deklaratsiyasi yuridik hujjat emas, balki iqtisodiydir. Shuning uchun hozirda mutaxassislar tomonidan mazkur talabni joriy etish shartlari o‘rganib chiqilmoqda va muhokamalar yakuniga yetishi bilan barcha takliflar umumlashtiriladi va shundan so‘ng bu boradagi aniq fikr aytiladi", — dedi suhbatdosh.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Korrupsiyaga qarshi maxsus komissiya tashkil etiladi

Uning qayd etishicha, umuman olganda dastur doirasida respublikada korrupsiyaga qarshi kurash borasida xorij tajribasiga ham asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qonunchilik aktlarini tahlil qilish va ularni takomillashtirish hamda mansabdor shaxslar orasida halol mehnat qilishni targ‘ib qiluvchi aniq takliflar kiritish bilan shug‘ullanuvchi korrupsiyaga qarshi muassasalararo komissiya tashkil etish rejalashtirilmoqda. Komissiya shuningdek, ushbu sohada mavjud bo‘lgan surunkali muammolarni aniqlash bilan ham shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0