Milliy xavfsizlik xizmatiga portal orqali murojaat qilish mumkin

© Yediniy portal gos. uslugYagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda O‘zbekiston fuqarolari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat qilishi mumkin

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida "O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga murojaat yuborish" xizmati tashkil etildi.

Bu respublikada "Elektron hukumat" tizimini shakllantirishda yana bir qadam bo‘ldi.

Mazkur imkoniyat fuqarolar va biznes vakillariga o‘zlari duch kelgan muammolarni o‘z vaqtida va ortiqcha burokratik jarayonlarsiz hal qilishga yordam beradi.

Milliy xavfsizlik xizmatiga elektron murojaat yuborishda fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunining 3-bobi 16-moddasida belgilangan shartlarga va quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishlari so‘raladi.

Kompyuter foydalanuvchisi - Sputnik O‘zbekiston
Yagona portalda murojaatlarni elektron imzosiz berish mumkin bo‘ldi

1. Murojaatlar ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.

2. Murojaat matnini ravon to‘ldirish, savollar hamda takliflarni aniq va tushunarli ifoda etish zarur.

3. Murojaatda xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilot nomi va mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va sharifi aniq ko‘rsatilishi lozim.

4. Anonim murojaatlar va qonunda belgilangan talablarni qanoatlantirmaydigan murojaatlar, shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo‘yicha javob berilgan murojaati qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqilmaydi.

5. Bila turib yolg‘on ma’lumotlar bayon etilgan murojaatlarni ko‘rib chiqishda qilingan xarajatlar jismoniy yoki yuridik shaxsdan sudning qaroriga ko‘ra undirib olinishi mumkin.

6. Elektron murojaatni yuborishdan oldin formani aniq va to‘g‘ri to‘ldirish lozim.

7. Murojaatni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida, barcha hujjatlar va boshqa guvohlik beruvchi hujjatlar nusxalari ilova qilinishi, ilova qilinayotgan fayl hajmi 5 megabaytdan oshmasligi lozim. Quyidagi turdagi fayllarni ilova qilish imkoniyati mavjud: txt, doc, rtf, xls, pps, ppt, pdf, jpg, bmp, png, tif, gif, pcx, mp3, wma, avi, mp4, mkv, wmv, mov, flv. Boshqa formatdagi fayllarni qayta ishlash imkoniyati mavjud emas.

8. Javob xati murojaatda ko‘rsatilgan pochta manziliga yoki elektron pochta manziliga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0