Tojikiston IIV rahbari barcha militsionerlarga ozishni buyurdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishMilitsiya xodimi
Militsiya xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Raximzoda jurnalistlarga bergan intervyusida muassasa xodimlariga ozishni buyurganini aytdi

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Raximzoda jurnalistlarga militsiya xodimlariga ozishni buyurganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

O‘zbek militsiyasining kechasi va buguni
"Militsiya xodimi semira boshlasa, uning ishchanlik xususiyati pasayadi. Bizning xodimlarimiz vazni xalqaro yosh va bo‘y jadvaliga mutanosib bo‘lishi lozim", — deya ta’kidlagan u.

Vazir tomonidan berilgan topshiriq maxsus komissiya tomonidan nazorat qilib borilishi aytilmoqda.

Tojikiston IIV vakili so‘zlariga ko‘ra, salomatlik va jismoniy tayyorgarlik — militsiyada xizmat o‘tashning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ortiqcha vaznga ega xodimlar ishdan bo‘shatiladi, deb xabar qilgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0