TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Cobalt, Nexia va uchta Lacetti to‘nashib ketib, o‘ziga xos "parovoz"ni hosil qildi, deb yozgan "Darakchi" nashri.
Xabarda aytilishicha, yo‘l harakati hodisasi joyidan suratlar Facebook-hamjamiyatidagi "Voditeli Tashkenta" guruhi tomonidan e’lon qilingan.
Mashinalar katta zarar ko‘rmagan, deyiladi xabarda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, birinchi avtomobil yo‘lni ajratuvchi belgilarni bo‘yayotgan ishchilar tufayli favqulodda tormozni bosgan. Qolgan mashinalar zanjir shaklida bir-biriga to‘qnashgan. Demak, avariya distansiya saqlanmaganligi tufayli yuzaga kelgan.