TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin kelajakda sud orqali ajrashish jarayoni ancha yengillashtiriladi, ayni vaqtda qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish ustida ish olib borilmoqda, deb xabar qilgan Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Toshkent hokimligidagi manba.
"Biz hozirda yagona mexanizmni ishga tushirmoqchimiz. Ya’ni bunda ajrim ishi ko‘rib chiqilayotganda, farzandlarning kim bilan qolishlari hamda ayol va bolalarning turar joy bilan ta’minlanishi birinchi sud jarayonining o‘zida hal etiladi", — deb ta’kidlagan manba.
Suhbatdosh shuningdek, bugungi kunda erkaklarning 90%i ayoli va farzandlarini birgalikdagi turar joydan quvib solishayotgani holati ko‘p kuzatilayotganini aytib, shu bois sudlar endilikda bu masalani ham zudlik bilan hal etishlarini ma’lum qilgan.
"Agar erkak o‘z rafiqasi va bolalarini haydab solsa, ular foydalanuvchilar sifatida birgalikda turadigan uylariga qaytib kiritiladilar", — deb ta’kidlagan manba.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil O‘zbekistonda 29,4 ming ajrim holatlari qayd etilgan. Ajrimlar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari egallagan.