TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon respublikada svetga bo‘lgan cheklov to‘liq olib tashlanganini e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.
Xabarda ta’kidlanishicha, Tojikiston elektr energiyasi mustaqilligiga erishish uchun amalga oshirilayotgan maxsus dastur tufayli bunday natijaga erishilgan.
Nashr shuningdek, Tojikistonda "Janub — Shimol" 500-kilovoltlik elekr uzatish tarmog‘i, ya’ni respublikaning yagona energetik tizimi yaratilgani haqida aytib o‘tgan.
"Emomali Rahmon, o‘z chiqishida, shuningdek, 2016-yilning oxirida "Dushanbe-2" Issiqlikelektrmarkazi foydalanishga topshirilgani, hamda Rog‘un gidroelektrostansiya qurilishi uchun Vaxsh darosi o‘zani to‘silgani haqida gapirdi", — deb xabar qilgan nashr.
Ta’kidlanishicha, Tojikiston prezidenti o‘z nutqi yakunida respublika fuqarolariga murojaat qilib, ulardan elektr quvvatiga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, behudaga sarf qilmasliklari hamda svet pulini o‘z vaqtida to‘lashlarini so‘ragan.