Toshkentda metro liniyasini takrorlaydigan avtobus yo‘nalishlari to‘xtatiladi

© anxor.uzAvtobus
Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimiyatiga metropoliten liniyasini takrorlaydigan yer usti jamoat transporti yo‘nalishlarini tugatish vazifasi yuklatildi, deb xabar berildi Moliya vazirligi saytida

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Toshkentda shahar va shahar atrofidagi yer usti jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish metropolitenga yo‘lovchilarni jalb etish maqsadida o‘tkazilmoqda, deb xabar tarqatgan O‘zbekiston Moliya vazirligi axborot-xizmati.

Toshkent metrosi "O‘zbekiston temir yo‘llari" tarkibiga kirdi
"Toshkent shahar hokimiyatiga metropoliten liniyasini takrorlaydigan yer usti jamoat transporti yo‘nalishlarini tugatish vazifasi yuklatildi", — deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu haqda Prezidentning "Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida"gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

"Toshkent metropoliteni"da yo‘lovchilarni tashish rentabelligini oshirish maqsadida yer usti transporti yo‘nalishlarini metropoliten liniyalari bilan takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik va yer ustidagi alohida yo‘nalishlarning davomiyligi hamda harakatlanish sxemasini o‘zgartirish vazifasi qo‘yilgan. Bundan tashqari qo‘shimcha tarzda yer usti transporti yo‘nalishlarining so‘nggi punktlarini metro bekatlari yonida qurish ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning oktabr oyida "Toshkent metropoliteni" DUK "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tashkiliy tuzilmasiga o‘tkazilgandi.

Yangiliklar lentasi
0