O‘zbekistonliklar qamoqxonaga savol berishlari mumkin bo‘ldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari endilikda jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbariyatiga onlayn-rejimda shikoyatlar bilan, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan ma’lumotlar olish va o‘z takliflari yuzasidan murojaatlar yuborishlari mumkin

TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. O‘zbekiston IIV JIEBB rahbarining virtual qabulxonasi ochildi, bu begani endilikda qamoqxonaga savol berish imkoni yaratildi, deb yozadi kun.uz nashri.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev farmoniga muvofiq qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatildi
Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari endilikda jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbariyatiga onlayn-rejimda shikoyatlar bilan, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan ma’lumotlar olish va o‘z takliflari yuzasidan murojaatlar yuborishlari mumkin.

Yuborilayotgan murojaat rasmiy bo‘lish kerak, shuning uchun jismoniy shaxslar familiyasi (ism, otasining ismi), yashash joyi haqida ma’lumotlarni hamda murojaat nima haqida ekanini ko‘rsatishlari kerak. Yuridik shaxsning murojaatida esa yuridik shaxsning to‘la nomlanishi, joylashgan joyi haqida ma’lumot (pochta manzili) va murojaat nima haqida ekani aks etishi lozim.

O‘z ichida tuhmat, haqorat yoki yolg‘on ma’lumot bo‘lgan murojaatlarni yuborish taqiqlanadi. Shuningdek, bitta foydalanuvchining avval ko‘p bora qaytarilgan javob yuzasidan qayta murojaati ko‘rib chiqilmaydi. Bunday holat murojaatda yangi dalillar bo‘lmasa yuz beradi.

Bu talablar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0