TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan teraktda Qirg‘iziston fuqarosi gumon qilinmoqda. Turk OAVlariga ko‘ra, terrorni amalga oshirgan shaxs uch oy oldin olingan Qirg‘iziston fuqarosi pasportiga ega bo‘lgan, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.
Xabarda ta’kidlanishicha, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari Istanbuldagi tungi klubda terrorchilik aktini amalga oshirganlikda gumonlanayotgan jinoyatchining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, tungi klubga hujum qilgan terrorchi — bu Qirg‘iziston fuqarosi, 28 yashar Yaxyo Mashrapovdir.
Turkish authorities have confirmed that the #Istanbul attacker is Lakhe Mashrapov, a 28-year old citizen from Kyrgystan pic.twitter.com/s4cY0ncKHg
— Michael Horowitz (@michaelh992) 3 yanvarya 2017 g.
Terrorda gumonlanayotgan shaxs pasporti Turkiyaning TRT World telekanali efirida namoyish etilgan.
Hujjat 2016-yilning 21-oktabrida Qirg‘iziston Davlat ro‘yxatdan o‘tkazish xizmati tomonidan berilgan.
Istanbul shahrining Zeytinburnu tumanida 2 yanvarga o‘tar kechasi jinoyatchini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya amalga oshirilgan.
Ilgariroq esa, Turkiya politsiyachilari tungi klubdagi mudhish terrorchilik akti O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Tungi klubga amalga oshirilgan hujum oqibatida 39 kishi, shu jumladan 16 nafar chet el fuqarolari halok bo‘lgan.
Ushbu terakt uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z bo‘yniga olgan.