TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Tojikiston SSR xalq artisti Jo‘rabek Murodov Tojikiston xalqiga bildirgan yangi yil tilaklarida, Tojikistonning qo‘shni davlatlar bilan, ayniqsa, O‘zbekiston bilan aloqalari yanada yaqin bo‘lishi haqida ta’kidlagan, deb yozadi Sputnik Tojikiston.
"Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar iliqlasha boshlaganidan boshim osmonga yetdi. O‘rtadagi viza tartibi ham bekor bo‘lishini xohlayman. Biz, qardosh xalqlar, Yangi yilda va nihoyat bir-birimiznikiga mehmonga bora olishimizni, hammasi uchun bir-birimizni qattiq quchib minnatdorchilik ifoda etishimizni istayman. Ana shunday bo‘lgan taqdirda, men birinchi galda, uzoq o‘tmishda bo‘lganidek, eng avvalo o‘zimga yaqin bo‘lgan do‘stlari-hamkasblarimnikiga borgan va ular bilan bitta sahnada qo‘shiq kuylagan bo‘lardim. Ayniqsa, Sherali Jo‘rayev bilan. Xudo xohlasa, shunday bo‘ladi ham", — deb ta’kidlagan umid bilan Jo‘rabek Murodov.