TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. "Islom davlati"ga aloqador O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi Istanbuldagi teraktni amalga oshirishda gumonlanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti CNN Turk telekanalining politsiyadan olgan xabariga tayangan holda.
Eslatib o‘tamiz, Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirilgan edi. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qo‘riqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi bo‘lgan klub binosiga kirib borib, olomonga qarata o‘t ochgan.
Turkiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, teraktda 39 kishi (shu jumladan, 16 nafar chet el fuqarolari) halok bo‘lganlar, 69 kishi jarohatlangan. Hujumni uyushtirgan shaxs esa qidirilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida "ID"ga aloqador 63 jangarini qo‘lga olgan. O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida, ushbu hujumga O‘zbekiston yoki Qirg‘iziston fuqarosi aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot olingan.