Samarqandda giyohvand modda sotuvchi yirik guruh a’zolari sudlandi

Obuna bo‘lish
Sudda ayblanuvchilar o‘z ayblariga to‘liq iqror bo‘lishdi va qilgan ishlaridan afsusda ekanliklarini bildirishdi. Sud hukmiga ko‘ra Marhabo Xojanova O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, 12-yilga ozodlikdan mahrum etildi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudi Tojikistondan ko‘p miqdorda giyohvand moddalarni olib o‘tish bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh a’zolari bilan bog‘liq jinoiy ishni ko‘rib chiqdi, deb ma’lum qildi kuch tizimidagi manba Sputnik muxbiriga.

Guruh tarkibiga Tojikiston, O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar kirgan. Qisqa vaqt ichida ular qo‘shni davlat hududidan O‘zbekiston va Rossiyaga giyohvand modda o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishgan.

"O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari giyohvand moddalar aylanmasi, kontrabandasi va O‘zbekistonga noqonuniy yo‘l bilan kirgani uchun ikki bor sudlangan Tojikiston fuqarosi Marhabo Xojanova respublika hududiga yirik miqdordagi afun moddasini olib kirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot olishdi", — dedi manba.

Xojanova O‘zbekistonga 30 kiloga yaqin afun olib kirishda ayblanib a’zolari turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan jinoiy guruhga aloqadorligi bois 2014-yil may oyidan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Giyohvand modda - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda afg‘onistonlik fuqaro 30 kilo afun bilan ushlandi

Afunfurushlar Tojikistonning Panjikent tumanidan Toshkent viloyatining chegaradosh Bekobod tumaniga, so‘ngra Samarqand viloyatiga yo‘l olishni rejalashtirishgan.

"Kelishuvga ko‘ra, Tojikiston fuqarolaridan iborat jinoiy guruh a’zolari giyohvand moddalarni Bekobod tumaniga yetkazib berishadi. Bu yerda narkokuryerlar "tovar"ni aylanma yo‘llar orqali rasmiy chegara o‘tkazuv punktlarini chetlab O‘zbekistonga kirishga muvaffaq bo‘lgan Marhabo Xojanovaga berishadi", — dedi suhbatdosh.

Amalga oshirilgan maxsus operatsiya chog‘ida MXX tezkor xodimlari Sirdaryo viloyatining "Xovos" YPX postida Marhabo Xojanova va uning sherigi Karimjon Tursunovni qo‘lga olishdi. Jinoyatchilar ketayotgan "Matiz" rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganida, uning ichida 4,5 kilogrammdan ortiq afun moddasi borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Karimjon Tursunovning qarindoshi bo‘lgan Bekobod tumanida yashovchi Abduxalil Muratovning uyi ko‘zdan kechirilganida, bu yerda ilgari kontrabanda yo‘li bilan Tojikistondan keltirilgan yana ikki kilogrammga yaqin afun topildi.

Ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi doirasida MXX tezkor xodimlari jami 6 kilogramm 560 gramm giyohvand moddani musodara qilishdi.

Sudda ayblanuvchilar o‘z ayblariga to‘liq iqror bo‘lishdi va qilgan ishlaridan afsusda ekanliklarini bildirishdi. Sud hukmiga ko‘ra Marhabo Xojanova O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, 12-yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Uning sherigi Karimjon Tursunov Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, 13-yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jinoyatchilar jazo muddatini umumiy tartibgai koloniyalarda o‘taydigan bo‘lishdi. Tez orada Abduxalil Muratovga nisbatan ham sud hukmi e’lon qilinishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0