TOShKENT, 23 dek — Sputnik. 2017-yilning 20-yanvar sanasida Tramp qasamod qiladi. Ushbu munosabat bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda. u mashhur chehralarni emas, balki oddiy xalqni ko‘rishni xohlayotganini ma’lum qilgan, deb xabar bergan RIA Novosti axborot agentligi.
""A" ro‘yxatidagilar deb atalguvchi mashhurlarning hammasi mening inauguratsiyamga chipta olishni xohlamoqda, ammo ular Xillari Klinton uchun nima qildi? Hech nima! Men esa odamlarni ko‘rishni xohlayman", — deb yozgan milliarder o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
The so-called "A" list celebrities are all wanting tixs to the inauguration, but look what they did for Hillary, NOTHING. I want the PEOPLE!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 23 dekabrya 2016 g.
Bu bilan Tramp AQShda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida mashhurlarning aksariyati Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlaganini, ammo Demokratik partiyadan Amerika prezidentligiga nomzodga bu "qo‘llash" foyda bermaganiga pisanda qildi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 8-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.