TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya va Tojikiston Transport vazirligi vakillarining Moskva shahrida o‘tkazilgan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Tojikistonning bu harakatiga javoban Rossiya "Somon Eyr" aviakompaniyasiga Rossiya shaharlariga parvozlarni amalga oshirishni ta’qiqladi. Ammo ushbu ta’qiq Moskva va Sankt-peterburg shaharlariga amal qilmaydi.
Sputnik Tojikiston xabariga ko‘ra, bugun Tojikiston Trasport vazirligining bir guruh delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurgan. Ular Moskva tomonga ushbu nizoda o‘z pozitsiyalarini tushuntirmoqchi, deb yozgan nashr.
Ilgariroq, agar Tojikiston "Yamal"ga aviareyslarni amalga oshirishga ruxsat bermasa, Rossiya 22-dekabrdan boshlab "Somon Eyr"ga o‘z shaharlariga aviaparvozlarni amalga oshirishni ta’qiqlashi haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 22-dekabrga o‘tar kechasi ushbu ta’qiq o‘z kuchiga kirishi kerak edi, ammo Tojikiston hukumati "Yamal" chipta xarid qilgan yo‘lovchilarni mamlakatga yetkazishi uchun kompaniyaga bitta reysni amalga oshirishga ruxsat bergan.
"Bugun oqshomga qadar, balki erta ertalabgacha parvozlarga qo‘yilgan ta’qiq, ehtimol, olib tashlanar. Axir bundan o‘z vataniga qaytish imkonidan mahrum bo‘lgan yuz minglab migrantlar zarar ko‘rmoqda", — deb yozadi nashr.
Ayni vaqtda Tojikistondan Rossiyaga faqat bitta kompaniya parvozlarni amalga oshirmoqda — bu "Tojik Eyr" davlat aviakompaniyasi.