"Lokomotiv" a’zolariga medallar va mashina kalitlari topshirildi

© Twitter"Lokomotiv" jamoasini taqdirlash marosimi
Lokomotiv jamoasini taqdirlash marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi mavsumda "Lokomotiv" jamoasi chempion va kubok sohibi bo‘ldi

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasi kichik tantanalar zalida 2016-yilgi mavsumda O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan "Lokomotiv" jamoasi futbolchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bayram tadbirida "Lokomotiv" jamoasi futbolchilari va klub xodimlari, ularning yaqinlari, jamoa homiylari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

"O‘zbekiston Temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Davron Dehqonov va O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev O‘zbekistonning yangi chempioniga oltin medallarni topshirishdi.

© Twitter"Lokomotiv" futbolchilarini taqdirlash marosimi
Futbolniy klub Lokomotiv poluchil medali chempiona strani i kubok - Sputnik O‘zbekiston
"Lokomotiv" futbolchilarini taqdirlash marosimi

Klub bosh homiysi sanaladigan "O‘zbekiston Temir yo‘llari" AJ tomonidan shuningdek, "Lokomotiv"ning chempionlikka erishishiga katta hissa qo‘shgan barcha futbolchi va murabbiylariga so‘nggi rusumdagi Chevrolet Gentra avtomobillari kaliti ham topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0