Alisher Usmonov "Al-Faxr" ordeni bilan taqdirlandi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishAlisher Usmonov
Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biznesmen Alisher Usmonov mamlakatda islom dini rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Rossiya muftiylar kengashining faxriy ordeni bilan mukofotlandi

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Moskva jome masjidi qarorgohida Rossiya muftiylar kengashi va Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi shayx Ravil Gaynutdinning yirik tadbirkor, musulmon, taniqli saxovatpesha, USM-Holdings asoschisi va rahbari Alisher Usmonov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muftiy uni Muhammad (s.a.v.) tug‘ilgan kuni nishonlanadigan Mavlud kutib olinadigan Rabi-ul-Avval oyi bilan qutladi. Suhbatda Rossiya musulmonlari rahbari Moskva jome masjidining tarixi va bugungi kuni haqida, mamlakatdagi ma’naviy rivojlanish yo‘lidagi yangi loyihalar haqida so‘zlab berdi, deb xabar beradi Rossiya muftiylar kengashi matbuot xizmati.

Moskva jome masjidi bosh zalida mukofot topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi: muftiy shayx Ravil Gaynutdin Alisher Usmonovga Rossiya muftiylar kengashining oliy mukofoti — I darajali "Al-Faxr" ordenini topshirdi.

Biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Rossiya boylari ro‘yxatida 6 o‘rinni egalladi

Shayx Ravil Gaynutdin tomonidan imzolangan mukofotlash haqidagi farmonda shunday deyiladi: "Rossiyada islom dini rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, Umma ma’naviy va madaniy qadriyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlarni qo‘llab-quvvatlagani, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Alisher Usmonov Rossiya musulmonlarining oliy mukofoti "Al Faxr" faxriy ordeni bilan mukofotlansin".

© Sovet muftiyev RFAlisher Usmonov va Rossiya muftiylar kengashi rahbari
Alisher Usmanov i glava Soveta muftiyev RF - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov va Rossiya muftiylar kengashi rahbari

Alisher Usmonov Rossiya musulmonlari rahbari muftiy shayx Ravil Gaynutdinga mukofot uchun minnatdorlik bildirdi. Jurnalistlarning savollariga javob berarkan, Alisher Burxonovich Usmonov birinchi navbatda musulmon ekanligini va islomga e’tiqod qiluvchi inson sifatida yaxshilik qilish har bir kishining burchi ekanligini ta’kidladi.

"Men musulmonman va musulmon farzandiman. Men qilayotgan barcha ishlar har birimizga, har bir musulmonga yuklatilgan burchni bajarishdir", — dedi zamonamizning yirik tadbirkori.

U Rossiya Ummasi mamlakat birdamligiga hissa qo‘shuvchi, pravoslav xristianlar bilan do‘stona hayot kechiruvchi jamiyatning bir bo‘lagi ekanligini qayd etdi.
Muftiy shayx Ravil Gaynutdin Yaratganga duo qilib, tadbirkorning barcha savob ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Yangiliklar lentasi
0