TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Omsk viloyati Isilkul tumani sudi ikki nafar O‘zbekistonlik ayol ustidan Rossiya JKning 322 moddasi 3 bo‘limiga muvofiq, ushugan guruh tarkibida davlat chegarasini kesib o‘tishda aybladi.
O‘tgan yozda, Rossiyaga kirish ta’qiqlangan, ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi 36-yoshli Malikova Zilola va 24-yoshli Arzikulova Saodat Rossiya hududida ishga kirish maqsadida davlat chegarasidan o‘tishga qaror qilishadi. Ular ushbu
Ayollar temiryo‘l ishchilari kiyimida Qozog‘istondan Rossiyaga kelayotgan yuk poyezdiga chiqib olishadi. Fuqarolar chegara nazoratidan o‘tmasdan 26-avgust kuni Rossiyaning Omsk shahriga yetib kelishadi. Shu kunning o‘zida ular Omskda Rossiya FXXsining Chegara xizmati tomonidan qo‘lga olinadi.
Amalga oshirilgan jinoyatlar bo‘yicha Arzikulova to‘liq, Malikova qisman o‘z ayblarini bo‘yniga olishdi. Sud Arzikulova Sadoqatni 6 oy, Malikova Zilolani — 7 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini berdi. Jazo axloq to‘g‘rilash umumiy koloniyasida o‘taladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga kirish ta’qiqlangan yoki Rossiyadan deport qilingan chet el fuqarolari yana Rossiya hududiga qaytib kelishsa urinib, chegaradan noqonuniy o‘tsa — ushbu holat jinoiy javobgarlikka tortiladi va qoidabuzarlarga 3-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.