TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori e’lon qilindi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.
Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2017-yilning fevral-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatiladi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining Kotibi V. Maxmudov zimmasiga yuklangan.
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 21-dekabrda imzolangan.