Aeroflot samolyoti yana Toshkent aeroportiga qaytdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishAirbus A320 samolyoti
Airbus A320 samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oxirgi 10 kun ichida bu Toshkent - Moskva yo‘nalishidagi parvozda sodir bo‘lgan ikkinchi texnik nosozlik bo‘lmoqda.

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Toshkentda Moskvaga uchayotgan “Aeroflot” kompaniyasi samolyoti, texnik sabablarga ko‘ra yana Toshkent aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi, RIA Novosti xabariga asosan.

Axborot agentligi aytishiga ko‘ra, havo kemasi qanotining harakatlanadigan orqa qismi (zakrilki) o‘z joyiga kelmagani sabab bo‘lgan. Shuning uchun N1871 raqamli parvoz, texnik nosozlik aniqlangan vaqtda, Qozog‘iston osmonida bo‘lgan. Bir soat davomida samolyot Toshkent aeroportiga qaytgan.

Aeroflot kompaniyasining Airbus A321 samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
"Aeroflot" samolyoti texnik nosozlik tufayli Toshkent aeroportiga qaytdi

Samolyot bortida 154 yo‘lovchi bo‘lgan, ularning hech biri zarar ko‘rmasdan samolyotni tark etishdi. Yo‘lovchilarning bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi, yana bir qismi esa — aeroportni tark etishdi.

Parvoz 20:00ga qadar kechiktirildi. Ayni damda Toshkent aeroportida samolyot tekshiruvdan o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi 10 kun ichida bu ushbu yo‘nalishdagi “Aeroflot”samolyotlari bilan sodir bo‘lgan ikkinchi texnik nosozlikdir. 12-dekabr kuni rossiyalik aviatashuvchi layneri texnik nosozlik tufayli, parvoz boshlanganidan 10 minut o‘tib Toshkent aeroportiga qaytishga majbur bo‘llgan edi.

O‘tgan safar layner yo‘lovchilari bir sutka o‘tib Moskvaga uchib ketishgan,  parvozdan voz kechgan yo‘lovchilarga esa chiptalar puli qaytarib berilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0