Surixdagi islom markazida otishma yuz berdi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Mediabankka o‘tishSurix shahri
Surix shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qora niqobli erkak Surixdagi islom ibodat markazida o‘q uzishi oqibatida uch kishi qattiq jarohatlandi, keyinroq politsiya markaz yaqinidan noma’lum shaxsning jasadini topdi, tergov ishlari olib borilmoqda

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Otishma yuz bergan Surixdagi islom ibodat markazi yaqinida noma’lum shaxsning jasadi topildi, deb yozadi 24 Heures nashri.
Ilgariroq Shveysariya OAV Surix politsiyasiga tayanib, diniy markazga hujum oqibatida uch kishi jarohatlangani haqida xabar bergandi.

Ma’lum qilinishicha, dushanba kuni qora niqob taqqan shaxs Surixdagi bosh vokzal yaqinidagi islom markazida o‘q uzgan. O‘ttiz yoshli erkak uch kishini yaralagan, ular orasidan 30 va 56 yoshli ikki fuqaro og‘ir ahvolda. Guvohlarning aytishlaricha, bu vaqtda markazda o‘nlab kishilar — somaliliklar, Eritreya va Mag‘rib fuqarolari bo‘lishgan.

Politsiya jinoyat ishi qo‘zg‘adi, lekin batafsil ma’lumot bermayapti, deb xabar qildi RIA Novosti

Keyinroq politsiya markaz yaqinidan noma’lum shaxsning jasadini topdi, tergov ishlari olib borilmoqda. 

"Bugun Turkiya, Shveysariya va Germaniyada terrorchilik xurujlari sodir etildi – borgan sari faqat yomonlashib bormoqda! Sivilizatsiyalashgan dunyo fikr yuritishni o‘zgartirishi kerak!", — dedi AQshning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z Twitterida.

Sham - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya elchisining o‘limi munosabati bilan Hamdardlik kitobi ochildi

Ilgariroq Tramp AQSh va boshqa davlatlar uchun asosiy tahdid terrorizm, xususan "radikal islom terrorizmi" ekanligini bir necha bor aytgandi.

Bu jahonda bir kun ichida sobir bo‘lgan uchinchi fojiadir. Anqarada omma oldida chiqish chog‘ida Rossiya elchisi Andrey Karlov otib o‘ldirildi. Berlinda noma’lum shaxs bayram yarmarkasida odamlar ustiga yuk mashinasini haydashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi elchi Andrey Karlovning o‘limi munosabati bilan Hamdardlik kitobi ochdi.

Yangiliklar lentasi
0