O‘zbekiston rossiyaliklarning Yangi yil dasturxoniga meva-sabzavotlar yetkazib beradi

© Novosti UzbekistanaBuxoro fermerlari mahsuloti
Buxoro fermerlari mahsuloti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "Port" importer-kompaniyasi O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. "Xolidey" kompaniyalari guruhiga kiruvchi "Port" kompaniyasi O‘zbekistondan xo‘l meva yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzoladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zagroeksport" kompaniyasidagi manba.

Meva sabzavotlar savdosi - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro meva sabzavot yarmarkasida 1 mlrd $ lik shartnomalar imzolandi
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, umumiy qiymati bir million dollarga teng meva-sabzavotlar dekabr oyi oxirida Rossiyaga jo‘natiladi va Yangi yil arafasida rossiyaliklar ulardan bahramand bo‘lishlari mumkin. 2017-yilda kompaniya O‘zbekistondan haftasiga 150 tonnadan meva va sabzavotlarni import qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil hisobida O‘zbekiston xorijga 700 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilgan, yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich bir millionga yetkazilishi nazarda tutilgan.

"Xolidey" kompaniyasi Sibirdagi eng yirik oziq-ovqat eksporti bilan shug‘ullanuvchi riteyllardan biridir. Kompaniya filiallari Sibir Federal okrugining yettita regionida joylashgan. Ushbu regionlarda esa gipermarket, supermarket singari turli formatlardagi 484ta do‘kon faoliyat yuritadi.

Yangiliklar lentasi
0