TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siyomosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori e’lon qilindi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston halqining samimiy istaklari va xohish-irodasidan kelib chiqqan holda, mamlakat taraqqiyoti, el-yurt manfaati yo‘lidagi unutilmas buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida qabul qilindi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Aripov zimmasiga yuklatildi.