O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Obuna bo‘lish
Yaqinda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklangandi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklanganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasida avtobus qatnovi ham tiklanishi mumkin. Bu haqda Tojikistonning sobiq iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Larisa Kislyakova ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida aviaqatnovlar yanvardan yo‘lga qo‘yiladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Dushanbe Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishiga umid qilmoqda. Mazkur qatnov 90-yillar o‘rtalarida to‘xtab qolgandi. 

"Hozirda biz Rossiya va Qozog‘istonga yo‘lovchi tashishni amalga oshira olmaymiz, chunki yo‘l O‘zbekiston orqali o‘tgan. Buning oqibatida mamlakatlarimiz aholisi qiynalmoqda, zero har ikki mamlakatda fuqarolarimiz o‘z qarindoshlariga ega", — dedi Larisa Kislyakova Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Yangiliklar lentasi
0