AQSh eksperti O‘zbekistondagi islohotlarga baho berdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tish4 dekabr - O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni
4 dekabr - O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert O‘zbekiston siyosiy tizimi xorij kuzatuvchilarini hayron qoldiradigan o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini bildirdi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston islohotlar yo‘lida muntazam olg‘a harakatlanmoqda, yil sayin sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, deb hisoblaydi saylovlarni kuzatayotgan amerikalik ekspert, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr.

"Shu kungacha mening taassurotlarim juda ijobiy. O‘n yil davomida islohotlar amalga oshirilgan. Menimcha, muvaffaqiyatli… Umumiy kayfiyat ijobiy – bir yil ilgari yo‘llarda blokpostlar bor edi, olib tashlanibdi. Kichik, lekin zarur va muhim qadamlar qo‘yilgan", — dedi ekspert RIA Novosti muxbiri bilan suhbatda.

Starr yana bir "muhim holatni" aytib o‘tdi.

"Prezident Karimov vafotidan so‘ng hukumat almashinuvi judayam osoyishta va sobitqadamlik bilan o‘tmoqda. Tan olish lozim – bu mahalliy rahbarlarning muvaffaqiyati", — dedi u.

Sayyora Xo‘jayeva - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: O‘zbekistonda saylovoldi targ‘ibotlari boshlanmoqda

O‘zbekistonning siyosiy tizimi xorij kuzatuvchilarini hayron qoldiradigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega, deb qo‘shib qo‘ydi Frederik Starr.

"Masalan, partiyalar. Ular quyidan emas, yuqoridan tashkil etilgan. Bu g‘ayrioddiy holat. Lekin bir necha yil ichida ular o‘z vazifalari, xususiyatlari, dasturlarini belgilab oldilar. Ular mablag‘ to‘pladilar, o‘z mahalliy organlarini tashkil etishdi. Ma’lum vaqt o‘tgach, ular haqiqiy partiyalarga aylandilar. Partiyalarning quyidan emas yuqoridan tashkil qilinishi judayam qiziq holat", — dedi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi.

O‘zbekiston Prezidenti saylovi 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakatda rasman ro‘yxatga olingan barcha to‘rt partiya davlat rahbarligiga o‘z nomzodlarini ko‘rsatishgan.

Yangiliklar lentasi
0