Yaponiya KXDRga nisbatan yangi sanksiyalar kiritdi

© AFP 2023 / Mandel NGANYaponiya bayrog‘i
Yaponiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan e’lon qilingan sanksiyalarning davomi sifatida Yaponiya hukumati KXDRga nisbatan sanksiyalar qabul qildi

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Yaponiya hukumati Pxenyan tomonidan beshinchi yadro sinovi o‘tkazilganiga javoban KXDRga nisbatan yangi sanksiyalarni qabul qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Yangi sanksiyalarga ko‘ra, Shimoliy koreys assotsiatsiyasi rahbarlari, raketa texnikasi sohasidagi xorijlik yadroviy mutaxassislar agarda Shimoliy Koreyada bo‘lib qaytgan bo‘lishsa, Yaponiyaga kiritilmaydi. Shuningdek, Shimoliy Koreya portiga kirgan har qanday kemalar, xususan yapon kemalari ham Yaponiya portlariga kiritilmaydi. Bundan tashqari, Yaponiyadagi hisob raqamlari muzlatiladigan KXDRning yadro va raketa sohasiga aloqador shaxs va tashkilotlarining ro‘yxati kengaytiriladi, deb xabar berdi Kiodo agentligi.

BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan e’lon qilingan sanksiyalarning davomi sifatida Yaponiya hukumati KXDRga yangi samolyotlar va vertolotlar eksportini hamda Shimoliy Koreyadan mis, nikel, kumush importini taqiqladi.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Ogohlantirish: Shimoliy Koreya AQSh harbiy bazasi va Seul kulini ko‘kka sovurmoqchi

Yaponiya bosh vaziri hukumat majlisida sanksiyalarning kuchaytirilishi 1970-80 yillarda o‘g‘irlab ketilgan va KXDRda tutqunlikda saqlanayotgan yapon fuqarolari muammosini hamda Pxenyanning yadro va raketa dasturi masalasini hal qilishi lozimligini bildirdi.

KXDR 5-sentabr kuni uchta ballistik raketa sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgandi. 9-sentabr kuni esa 2006-yildan buyon beshinchi marta yadroviy sinovni o‘tkazdi.

BMT Xavfsizlik kengashi chorshanba kuni KXDRga nisbatan sanksiya rejimini kuchaytirdi. Hujjatda kirishlari taqiqlangan va hisob raqamlari muzlatilishi lozim bo‘lgan shaxslar va tashkilotlar ro‘yxati keltirilgan. Shuningdek, mamlakatga yetkazib berish taqiqlangan xom ashyo, uskuna va texnologiyalar sanab o‘tilgan.

Shimoliy Koreya sanksiyalar qabul qilinishini o‘z suvereniteti va rivojlanish huquqiga nisbatan tajovuz deb hisoblamoqda.

Yangiliklar lentasi
0