Farg‘onada dollarfurushlar to‘dasi qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida chet el valyutasini pullamoqchi bo‘lgan 35 yashar Usmonjon Yusupov, 37 yashar Rahmatullo Rajabov va 34 yashar Alisher Dadajonovlar qo‘lga olindi

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari katta miqdorda chet el valyutasini pullamoqchi bo‘lgan uch nafar farg‘onalikni qo‘lga oldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga huquqni muhofaza qilish tuzilmalaridagi manba.

Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroport - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari Istanbulga 9,5 mln $ olib kirishga urinishdi
Noyabr oyida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatining oldini olishga qaratilgan tadbirni amalga oshirgan edilar.

O‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida chet el valyutasini pullamoqchi bo‘lgan 35 yashar Usmonjon Yusupov, 37 yashar Rahmatullo Rajabov va 34 yashar Alisher Dadajonovlar qo‘lga olindi.

"Aytib o‘tilgan shaxslar guruhning yana bir a’zosi bo‘lmish Usmonjon Yusupovning uyida maxsus xaridorga 15 ming dollarni 105 million so‘mga pullayotgan vaqtda qo‘lga olingan", — deb ta’kidlagan kuch ishlatish tuzilmalaridagi manba.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi 177 moddasi 2 bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0