TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro hoki ortilgan kolonna chorshanba kuni mamlakat janubi-sharqi, poytaxtdan 900 km masofada joylashgan Santyago-de-Kuba shahriga qarab yurishni boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Motam marshi Kuba vaqti bilan 07.15da boshlangan.
Kolonna marshruti bo‘ylab Kuba inqilobi yetakchisi — Fidelni so‘nggi manzilga kuzatgani kelganlardan iborat "devor" hosil bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Kastro kuli 4-dekabr kuni Santyago shahrining "Santa Ifigeniya" qabristoniga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, Fidel Kastro 25-noyabr kuni 90 yoshida vafot etgan edi. Kubada 9 kunlik motam e’lon qilindi, davlat bayroqlari tushirildi, barcha bayram tadbirlari bekor qilindi.
Fidel Kastroning dafn marosimida 27 davlat delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda.