Toshkent hayvonot bog‘i hududida o‘yinchoqlar sotish ta’qiqlandi

© UZ24Toshkent hayvonot bog‘i
Toshkent hayvonot bog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati tashrif buyuruvchilarga navbatdagi bor o‘z noroziligini bildirdi

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati tashrif buyuruvchilardan jonivorlar uchun ovqat olib kelmaslikni iltimos qilmoqda. Bu haqda Toshkent hayvonot bog‘i rasmiy saytida xabar qilingan.

"Sizlardan yana bir bor iltimos qilamiz, bizning jonivorlarimiz uchun o‘zingiz bilan oziq-ovqat olib kelmang", — deyilgan xabar matnida.

Toshkent hayvonot bog‘idagi timsoh - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent hayvonot bog‘ida "Boy" laqabli timsoh o‘yinchoq tufayli nobud bo‘ldi
Hayvonot bog‘i ma’muriyati ta’kidiga ko‘ra, qilingan ko‘p sonli iltimoslarga qaramay, jonivorlarga qarata ovqat hamda o‘yinchoqlar otish holati davom etmoqda.

Shu munosabat bilan, ma’muriyat bog‘ hududida polietilen va bir martalik idishlarda yeguliklar sotishni ta’qiqlash qarorini qabul qildi. Shuningdek, bundan buyon, hayvonot bog‘i hududida bolalar o‘yinchoqlari bilan ham savdo qilish man etilgan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati bolalar o‘yinchog‘i tufayli "Boy" laqabli timsoh nobud bo‘lgani haqida xabar tarqatgan edi.

Yangiliklar lentasi
0