Alisher Usmonov FIE prezidentligiga qayta saylandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAlisher Usmonov
Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliarder, USM xoldingi asoschisi va "Arsenal" klubi aksioneri Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini 2008-yildan buyon boshqarib keladi

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov tashkilot rahbarligiga yana 4-yillik muddatga qayta saylandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi federatsiya matbuot-xizmatidan olingan ma’lumot asosida.

Milliarder Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov O‘zbekistonning siyosiy hayotida ishtirok etmasligini aytdi
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga saylov Moskva shahrida bo‘lib o‘tdi.

"Alisher Usmonov barcha a’zolarning roziligi bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Reglamentga ko‘ra, lavozimga bir kishi da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa, ovoz berish o‘tkazilmaydi", deyilgan Matbuot xizmatining xabarida.

Rossiyalik biznesmen Usmonov FIE prezidenti lavozimiga da’vogar yagona nomzod bo‘lgan, deb yozadi nashr.

Milliarder, USM xoldingi asoschisi va "Arsenal" klubi aksioneri Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini 2008-yildan buyon boshqarib keladi.

Yangiliklar lentasi
0