Mirziyoyev Toshkentda Karimov nomidagi maydon barpo etishni taklif qildi

© LoggaWigglerToshkentdagi mustaqillik maydoni
Toshkentdagi mustaqillik maydoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev shaharni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqilganini, unda asosiy e’tibor yangi ish o‘rinlari yaratish hamda transport, uy-joy va biznes infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilishini ma’lum qildi

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvi chog‘ida shahar markazida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan ataluvchi maydon barpo etish taklifini bildirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Moskva markazidagi xiyobonga Islom Karimov nomi berildi

"Nomzod bu ulug‘ zotning xotirasini abadiylashtirish, jumladan, Toshkent shahri markazida ulkan maydon barpo etib, Islom Abdug‘aniyevichning ulug‘vor haykalini o‘rnatish haqida keng jamoatchilikning murojaat va takliflarini barcha qo‘llab-quvvatlashiga ishonishini bildirdi", — deya iqtibos keltirmoqda RIA Novosti o‘zbek OAVlariga tayanib.

Mirziyoyev shaharni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqilganini, unda asosiy e’tibor yangi ish o‘rinlari yaratish hamda transport, uy-joy va biznes infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilishini ma’lum qildi.

Xususan, 2017-yilda poytaxtning markaziy tumanlaridan birida 70 gektar maydonga tadbirkor va banklar tomonidan 1 milliard dollar mablag‘ ajratiladigan "Toshkent Siti" biznes markazi qurilishi boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0