O‘zbekistonlik yosh bokschilar jahon chempionati chorak finaliga chiqishdi

© PhotoxpressBokschi
Bokschi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musobaqada dunyoning 63 mamlakatidan 350dan ortiq sportchilar qatnashmoqda, biroq chorak final bosqichiga 80 nafar bokschi, jumladan o‘zbekistonlik besh bokschi chiqdi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi V jahon chempionati (AIBA Youth World Boxing Championships) chorak finaliga yetib kelishdi. 

Musobaqada dunyoning 63 mamlakatidan 350dan ortiq sportchilar qatnashmoqda, biroq chorak final bosqichiga 80 nafar bokschi, jumladan o‘zbekistonlik besh bokschi chiqdi.

Musobaqa saytida bildirilishicha, 75 kg vazn toifasida Shohruxbek Rustamov Xitoy Taypeyi bokschisi Gan Savey ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. U chorak finalda germaniyalik Vezir Agirman bilan uchrashadi.

Chinggis Khan Cup kubogi - Sputnik O‘zbekiston
Chingiz Xon kubogida O‘zbekiston boks jamoasi 11ta medal qo‘lga kiritdi

56 kggacha vazn toifasida Shunqor Abdurasulov germaniyalik Andreas Jagerdan ustun keldi. Hakamlar o‘zbekistonlik bokschi 5:0 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etishdi. Endi Abdurasulov xitoylik Szen Szanga qarshi ringga ko‘tariladi.

60 kggacha vaznda ishtirok etayotgan Bilolbek Mirzarahimov armanistonlik Narek Xovxannisanni yengdi. U yarim finalga chiqish uchun rossiyalik Baslan Xamzayev bilan kuch sinashadi.

Otabek Xolmatov (52 kggacha) Nikaragua bokschisi Joze Darvin ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Chorak finalda uning raqibi dominikanlik Luis Reynaldu Nunyez bo‘ladi.

91 kggacha vazn toifasida Shohruz Rahimov vengriyalik Richard Kochishdan ustun keldi, keyingi bosqichda u angliyalik Lyuis Vilyams bilan uchrashadi.

Yangiliklar lentasi
0